SIFATSIZ KOLBASANING PULI QAYTARIB BЕRILDI

Xiva shahar “Gazchi” mahallasida yashovchi fuqaro Layli Bekchonova Xiva tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi. Murojaatda ta’kidlanishicha iste’molchi L.Bekchonova E.Yakubov ko‘chasida joylashgan oziq-ovqat do‘konidan kolbasa mahsuloti sotib olgan. Kolbasani uyiga olib borib iste’mol qilish uchun to‘g‘raganida mahsulotdan noxush hid kelgan. Shundan so‘ng iste’molchi kolbasani do‘konga qaytarib olib boradi. Do‘kon sotuvchisi to‘g‘ralgan kolbasani qaytarib olmayman deb mahsulotni almashtirib berishdan bosh tortadi. Iste’molchi bu masala bo‘yicha Xiva shahar Sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga ham murojaat qilgan lekin u yerda ham masala hal bo‘lmagan.

Murojaat bo‘yicha tuman jamiyati mas’ullari o‘rganish ishlarini olib bordi va istemolchiga sotib olgan sifatsiz qolbasaning puli qaytarib berildi. Shuningdek, shahar Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi xodimlariga qonun va qonunosti me’yoriy hujjatlari bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.