SIFATSIZ MAHSULOTNING PULI QAYTARIB BERILDI

Sho`rchi tumanidagi “Hayrobod” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Abdurahim Poyonov tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga ariza bilan murojaat qildi. Unda keltirilishicha, tuman markazida joylashgan savdo do`konidan 210 ming so`mga sotib olgan rezina suv quvuri sifatsiz chiqqan. Bu haqda sotuvchiga xabar berib, tovarni sifatlisiga almashtirib berishini so`ragan, biroq rad javobi olgan.

Holat jamiyat mutaxassislari tomonidan o`rganilib, iste’molchi foydasiga hal etildi. Sifatsiz tovar uchun to`lagan 210 000 pul mablag`i iste’molchiga qaytarib berildi.