SIFATSIZ TELEFONNING PULI QAYTARIB BERILDI!

Forish tuman iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanda yashovchi fuqaro Xamzayev Otabek murojaat qildi. Murojaatda fuqaro Jizzax shahrida joylashgan doʻkonlarning biridan 950 000 soʻmga “Redmi 4x” markali mobil telefon xarid qiladi. Ammo uyga borgach telefonning bateriya quvvati tez oʻchib qolaveradi. Do`konga qaytarib olib borganida sotuvchi har xil bahonalar bilan sifatsiz mahsulotni almashtirib bermaydi.

Murojaat yuzasidan tuman jamiyati xodimlari oʻrganish olib bordi. Oʻrganishda haqiqattan ham xarid qilingan “Redmi 4x” telefoni nosoz ekanligi aniqlandi.

Tuman jamiyati xodimlari sotuvchiga qonuniy tushuntirishlar berdi va fuqaroning puli qaytarib olib berildi.