SUD 4 MILLION SO‘M MIQDORIDAGI NORЕAL QARZDORLIKNI BЕKOR QILDI

Urganch tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning Mustaqillik ko‘chasida yashovchi fuqaro S.Zaripova murojaat qildi.

Murojaatda ko‘rsatilishicha TMSQFB Urganch tuman bo‘limi ichimlik suvidan iste’molchiga asossiz 4 000 000 so‘m qarz hisoblagan.

Tuman jamiyati ushbu murojaat yuzasidan iste’molchi manfaatini ko‘zlab noreal qarzdorlikni olib tashlash bo‘yicha Urganch tuman ma’muriy sudiga davo arizasi kiritdi. Ma’muriy sudning qaroriga asosan iste’molchiga yuklatilgan qarzdorlik olib tashlandi.