Yangiliklar

SUN’IY QARZDORLIK ANIQLANDI VA BARTARAF ETILDI

Farg‘ona viloyati Bag‘dod tuman Xalq qabulxonasiga tumanning Navoiy ko‘chasida yashovchi fuqaro M.B. ichimlik suvi hisob-kitobidan norozilik bildirib yozgan arizasi, o‘rganish uchun tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yuborildi. Arizada ko‘rsatilgan holat bo‘yicha jamiyat xodimlari tuman Majburiy ijro byurosi mutaxassisi, tuman Ichimlik suvi ta’minoti mutaxassisi va arizachi ishtirokida holat o‘rganildi, iste’molchining xonadoni ichimlik suvi iste’molchisi sifatida tuman “Ichimlik suvi korxonasi” ro‘yxatiga olinib, M.Bning foydalanilgan ichimlik suvi uchun hisoblangan 350 000 (uch yuz ellik ming) so‘m qarzdorligi borligi aniqlandi. Ushbu qarzdorlikning asosiy sabablari xonadonga 22-noyabr 2017 yilda ichimlik suvidan shu kungacha bo‘lgan qarzdorliklar to‘lanib, suv hisoblagich o‘rnatilgan, biroq tegishli tartibda tuzilgan naryad dalolatnomasi korxona ma’lumotlar bazasiga kiritilmaganligi uchun fuqaroga oila a’zolari soniga nisbatan qarzdorlik hisoblanib suniiy ravishda oshirib borilganligi aniqlandi.

Jamiyat xodimlari aralashuvi bilan fuqaroga nisbatan hisoblangan noreal qarzdorlik xatlov qilinib, naryad dalolatnomasi korxona ma’lumotlar bazasiga kiritildi va qarzdorlik hisobdan chiqarilishiga erishildi.