SURXONDARYODA O`QUV SEMINARI O`TKAZILDI

Surxondaryo viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi hamda viloyat Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda o`quv seminar o`tkazildi. Unda O`zbekiston Respublikasining “Jamoatchilik nazorati to`g`risida”gi, “Ijtimoiy sheriklik to`g`risida”gi hamda “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi qonunlarning mazmun-mohiyati yuzasidan keng ma’lumotlar berildi. Shuningdek, tadbir davomida viloyat Adliya boshqarmasi vakili ham so`z olib, yig`ilganlarga O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 maydagi “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fu?arolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan ma’ruza qildi. Davomda ishtirokchilar mavzu yuzasidan o`zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil ma’lumotlar olishdi.