TAASUROTLARGA BOY DAVRA SUHBATI

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat Texnika universitetining Termiz filialida “Yuksak iste’mol madaniyati yo‘lida birlashaylik” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Termiz shahar Kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda oliy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan talaba yoshlar hamda o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Tadbirda so‘z olganlar, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonun hujjatlari va ularning mazmun-mohiyati haqida yig‘ilganlarga atroflicha ma’lumotlar berib o‘tishdi.  Shuningdek, mazkur yo‘nalishda viloyatda olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari va ulardan ko‘zlangan asosiy maqsad haqida ham fikrlar bildirib o‘tildi. Tadbir davomida aholi huquqiy savodxonligini oshirishda va ular o‘rtasida yuksak iste’mol madaniyatini shakllantirishda yoshlarning o‘rni muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanib, ularning bu borada faol bo‘lishlari ko‘zlangan maqsadga erishishning eng maqbul yo‘li ekanligi e’tirof etib o‘tildi. Yakunda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javoblar olishdi.