TALABNOMA SABABLI ISTE`MOLCHILARNING TEXNIKALARI TUZATIB BERILDI

Joriy yilning 22 aprel kuni Jondor tumani Bolin qishlog`i “Dovut” mahalla fuqarolar yig`inida elektr tarmog`idagi qisqa tutashuv natijasida 7 ta xonadondagi maishiy texnikalar ishdan chiqqan.

Jondor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga kelib tushgan aholi murojaatidan so`ng o`rganish ishlari olib borildi va Jondor tuman Elektr tarmoqlari korxonasiga talabnoma kiritilib maishiy texnikalar ta’mirlanib, yetkazilgan zarar qoplab berildi.