Yangiliklar

Ta’lim krediti ololmayotgan fuqaroga yordam ko‘rsatildi

Ota-onalar farzandlarining o‘qishida mablag‘lari yetarli bo‘lmagan holatlarda esa ta’lim kreditlari olib o‘z farzandlari kelajagini ta’minlashlari mumkin.

O‘zbekiston tumani, O‘qchi qishlog‘ida yashovchi fuqaro A.Ergashev ham ana shunday ota-onalardan biri bo‘lib, o‘g‘lining kontrakt to‘lovi uchun 4 500 000 (to‘rt million besh yuz ming) so‘m miqdorida ta’lim kreditini olish maqsadida, tumandagi tijorat banklaridan biriga murojaat qilgandi.

Lekin fuqaro kreditni o‘z vaqtida ololmaganligi sababli tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilishga majbur bo‘ldi.

Tuman jamiyati hodimlari tomonidan iste’molchi murojaati o‘rganilib, murojaatda ko‘rsatilgan muammolarni bartaraf etishlik bo‘yicha tijorat bankiga aloqa xati orqali murojaat qilindi. Mazkur aloqa xatiga yuborilgan javob xatida, iste’molchining talabi qondirilib, o‘g‘lining kontrakt to‘lovi uchun ta’lim krediti o‘qish joyiga o‘tkazib berilganligi ma’lum qilingan.