“TILLA SOTIB OLAMIZ”

Pul zarur bo‘lib qolgani sababli fuqaro Ruhshona O‘rinboyeva tilla taqinchoqlarini Samarqand shahridagi zargarlik do‘konlaridan biriga olib bordi. Do‘kon sotuvchilari unga bir hafta muddat davomida pulini berishlarini aytib, taqinchoqlarini olib qolishdi. Aytilgan kunda u yana do‘konga keldi. Ammo unga hozir naqd pul yo‘qligini va kutib turishini aytishdi. Iste’molchi shu tahlit uch oy davomida bu yerga qatnadi, ammo pulini ololmadi. Sabri kosasi to‘lgan fuqaro R.O‘rinboyeva yordam so‘rab Samarqand shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga shikoyat arizasi bilan murojaat qildi. Ariza jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, mazkur ish yuzasidan sudga da’vo arizasi kiritildi. Sud hukmiga ko‘ra javobgarning tilla buyumlar pulidan tashqari, yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar uchun 1 000 000 so‘m miqdorda jarima to‘lashi haqida qaror belgilandi.