Yangiliklar

TILLA TAQINCHOQ PULI ISTEʼMOLCHIGA QAYTARILDI

Buxoro viloyati Romitan tuman Kalʼai Chorbogʻ MFY Istiqlol qishlogʻi 12-uyda yashovchi Ziyodullo Sirojov tomonidan Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining “1091” ishonch telefon raqamiga murojaat qoldirilgin.

Ziyodullo Sirojov Buxoro shahri Karvon bozoridagi “Azizbek” nomli tilla taqinchoqlar doʻkonidan tilla zirak va uzuk xarid qiladi. Sotib olingan tilla buyum xaridorning oila aʼzolariga maʼqul kelmaydi va isteʼmolchi xarid qilgan tilla taqinchoqni savdo doʻkoniga olib keladi. Sotuvchiga bu xaqida aytganida, u keskin rad javobini beradi va pulni qaytara olmasligini bildiradi.

Bu holatdan norozi boʻlgan isteʼmolchi huquqini tiklash va amaliy yordam berilishini istab murojaat qilgan. Vaziyatni oʻrgangan federatsiya mutaxassislari isteʼmolchi va sotuvchi bilan bevosita uchrashib, tushuntirish ishlarini olib borishdi va masalani ijobiy xal qilinishiga erishildi. Savdo doʻkoni tomonidan tilla taqinchoq uchun toʻlangan 1 800 000 (bir million sakkiz yuz ming) soʻm pul Ziyodullo Sirojovga qaytarib berildi.