TILLA UZUK MASHMASHASI

Bulung`urlik Zulfizar Holmatova tuman buyum bozori yonida joylashgan zargarlardan 1 500 000 so`mga tilla uzuk xarid qildi. Taqinchoq turmush o`rtog`iga ma’qul kelmagach uni qaytarib berishga qaror qildilar. Ertasi kuni Zulfizar sotuvchiga uchrashib, vaziyatni tushuntirishga harakat qildi. Afsuski, sotuvchi xaridorning pulini qaytarib berishga rozi bo`lmadi. Z.Holmatova esa, o`z huquqlari himoya qilinishini so`rab, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tuman jamiyatiga murojaat qildi. Ariza o`rganildi va sotuvchiga qonun talablari tushuntirilgandan so`ng, iste’molchining puli qaytarildi.