Yangiliklar

TOʻRAQOʻRGʻONDAGI YANA BIR ASSOSIZ QARZDORLIK

Bugungi kunda eng koʻp uchrayotgan muammolardan biri kommunal toʻlovlardagi assosiz qarzdorliklardir.

Toʻraqoʻrgʻonlik Abdurasul Gʻaniyev xonadoniga tuman gaz taʼminoti korxonasidan tabiiy gaz uchun 1 mln 371 ming 692 soʻm qarzdorlik borligi haqida maʼlumot kelgan. U esa bundan norozi boʻlgan. Boisi har oygi toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlab kelgan.

Tuman gaz taʼminoti yoʻlida kovushi yemirilgan Abdurasul Gʻaniyev isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga huquqini himoya qilishlarini soʻrab murojaat qilishga majbur boʻlgan. Federatsiya xodimlarining surishtiruvlari natijasida uning xonadoni tabiiy gazdan qarzi 266 ming 320 soʻm miqdorida ekanligi maʼlum boʻldi. Qolgan asossiz qarz esa yoʻq qilindi.