TO‘LOV NЕGA HISOB-RAQAMGA TUSHMADI!

Sherobod tuman “Mehrobod” mahallasida yashovchi fuqaro O‘roqbobo Pardayev O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining “1091” qisqa raqamli ishonch telefoniga Sherobod tuman elektr energiya ta’minoti korxonasi hisoblagan asossiz 1 000 000 so‘m qarzdan norozi bo‘lib murojaat qildi.

Mazkur murojaat hududiyligi bo‘yicha Sherobod tuman jamiyati mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi. Jamiyat xodimlari tuman elektr korxonasi vakillari bilan fuqaroning to‘lovlari qayta hisob-kitob qilindi. Natijada iste’molchining 1 000 000 so‘m to‘lov puli abonent hisob raqamiga tushmaganligi aniqlandi. Fuqaroga to‘lov pullari tushirib berildi va qarzdorlik asossiz yekanligi ma’lum bo‘ldi.