TO`LOV QILINGAN, LEKIN AVTOMOBIL BERILMAYAPTI!

Joriy yilning 11 iyun kuni Zarafshon shahri 11-kichik tumanda yashovchi fuqaro Feruz Ergashov O`zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasining “1091” qisqa raqamli “Ishonch telefoni”ga qilgan murojaati Navoiy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o`rganib chiqildi.

Murojaatda fuqaroning Navoiy shahar Amir Temur ko`chasida joylashgan “Navoiyavtotexxizmat” korxonasiga “Nexia 3” rusumli yengil avtomashina uchun to`lovni to`liq amalga oshirgani, ammo shartnoma muddati tugagan bo`lishiga qaramasdan hanuzgacha avtomashinani ololmayotganligi qayd etilgan.

Jamiyat xodimlarining aralashuvi natijasida 13 iyun kuni fuqaroning murojaati ijobiy yechim topdi. F.Ergashev qisqa muddatda yangi yengil avtomashinaga ega bo`ldi.