TOSHKENT VILOYAT HUDUDIY BIRLASHMASIGA YANGI RAIS SAYLANDI

Toshkent viloyat hokimligi majlislar zalida O`zbekiston iste’mochilar huhuqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Toshkent viloyat hududiy birlashmasining navbatdan tashqari Kengash yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Unda O`zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi raisi J.Sarimsoqov ishtirok etdi. Yig`ilishda viloyat hududiy birlashmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-taxliliy muhokama etildi.

Yig`ilishda tashkiliy masala ko`rildi. Shu kunga qadar Toshkent turizm va biznes kasb-hunar kolleji bo`lim boshlig`i lavozimida faoliyat ko`rsatgan Jaysanov Abduvahob Baxtiyorovich hududiy birlashma Kengashi raisi etib saylandi.

A.Jaysanov 1986 yilda Samarqand viloyati, Bulung`ur tumanida tug`ilgan, ma’lumoti oliy. 2008 yilda Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.

2011-2017 yillarda Xalq ta’lim vazirligi Respublika ta’lim markazida mas’ul lavozimlarda faoliyat ko`rsatgan.