TUMAN JAMIYATI KO‘MAGI BILAN MAHALLAGA SUV KЕLDI!

Suv obi hayot. Usiz bir lahzani-da tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, toza ichimlik suvi oltinga teng. Ruhimiz tetik, jismimiz sog‘lom bo‘lishida uning o‘rni beqiyos.

Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Surxon Maslahattepa” mahallasi aholisi ham 3 yildan buyon ana shu ne’matdan bebahra yashab kelayotgan edi. Mahalla fuqarosi Menglimurod Rasulov tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga qilgan murojaatida mazkur muammo yuzasidan amaliy ko‘mak so‘ragan.

Murojaat tuman jamiyati va “Suvoqava” DUK tomonidan o‘rganilib, haqiqatdan ham bundan uch yil avval qishloqdagi suv minorasida nosozlik kelib chiqqani bois, toza ichimlik suvi kelmay qolgani aniqlandi. Tuman jamiyatining bergan moliyaviy yordami sababli qishloqqa toza ichimlik suvi yana kela boshladi.