TUSHUNMOVCHILIK BARTARAF ETILDI

Olmazor tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi “Ishonch telefoni”ga kelgan murojaat yo`naltirildi.

Murojaatda qayd etilishicha fuqaro D.Muhitdinov Jomiy bozori atrofida joylashgan mebel do`konidan 1 800 000 so`mga yotoqxona mebeli sotib olgan. Do`kon xodimlari mebelni yetkazib berishi jarayonida matrasini olib qolgan.

Ushbu murojaat bўyicha tuman jamiyati xodimlari o`rganish olib bordi va mazkur holat do`kon sotuvchilari tomonidan tushumovchilik sababli sodir etilganligi aniqlandi. Iste’molchiga yotoqxona mebelining matrasi yetkazib berildi.