Yangiliklar

UCHAR TADBIRKORDAN “NEKSIYA” UCHUN TOʻLANGAN PUL QAYTARIB OLINDI

Ota- bobolarimiz oʻz farzandlarini halol yashashga, oʻz ishini vaqtida bajarishga oʻrgatishgan. Insonlarni ishontirib, biror ishni vaqtida bajarmaslik yolgʻonchilik, vaʼdabozlikdir.

Azaldan yolgʻonchi – qallol, oʻgʻri allol deb bekorga aytishmagan. Buxorolik Shoxiddin Axmedov isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga ariza yozib, oʻzini anchadan buyon qiynayotgan muammo yuzasidan murojaat qildi.

Unga koʻra Shoxiddin Axmedov Buxoro shahridagi “Umid avto lizing” korxonasiga “Neksiya 3” avtomobili uchun 2018-yil avgust oyida 34 750 000 soʻm naqd pul toʻlagan. Ammo hozirga qadar avtoulovni ololmaganidan norozi boʻlgan. Federatsiya bunday muammolarga yechim topishga doim harakat qiladi. Uchar tadbirkordan isteʼmolchining 34 750 000 soʻm naqd puli olib berildi va uning qonuniy huquqlari tiklanishiga erishildi.