ULARNING XIZMATI DOIM YODIMIZDA SAQLANADI!

Oltiariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Oltiariq tumani Oqbo‘yra qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi 93 yoshni qarshilagan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Shokirov To‘lanboy ota, “Farovon” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 92 yoshli Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Temirov Patidin ota hamda “Yangichek” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 1913 yilda tug‘ilgan urush faxriysi Siddiqov Muhidjon otalarning holidan xabar olinib, 9 may — Xotira va qadrlar kuni bilan tabriklandi va ularga sovg‘alar ulashildi.