URUSH QATNASHCHILARINING HOLIDAN XABAR OLINDI

Ayni kunlarda mamlakatimiz bo‘ylab 9 may — Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan Sariosiyo tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan ham ezgu ishlar amalga qo‘l urildi. Jamiyat xodimlari tumanda istiqomat qilayotgan besh nafar urush faxriylarining xonadonlariga tashrif buyurib, ularning holidan xabar oldi. Urush qatnashchilari bilan dildan qurilgan suhbatda qonli urush yillaridan hikoyalar tinglanib, bugungi dorilomon kunlar uchun shukronalar keltirildi. Samimiyatga yo‘g‘rilgan tashrif davomida faxriylarga jamiyatning esdalik sovg‘alari taqdim etildi.