USTALARGA NIMA BO‘LDI?

Peshko‘ tuman “O‘zbek” mahalla fuqarolar yig‘ini Murodi qishlog‘ida yashovchi fuqaro Malohat Andayeva o‘zi yashab turgan hovlisini kapital ta’mirlash maqsadida G‘ijduvon tumanida yashovchi ustalar bilan og‘zaki shartnoma tuzadi. Ta’mirlash uchun ustalarga kelishilgan 14 000 000 so‘m pulni oldindan beradi. Ammo ish oxirida ustalar uyning bitta xonasini ta’mirlamay ketishadi. Fuqaro M.Andayeva ustalarga ishni tugatib ketishlarini qancha tushuntirsa ham ular turli bahona qilib ketib qolishadi.

Ilojsiz qolgan iste’molchi M.Andayeva tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.

Murojaat yuzasidan jamiyat xodimlari o‘rganish olib bordi va ish yakunida ustalar kelishilgan bitta xonani ta’mirlamay ketgani aniqlandi.

Peshko‘ tuman iste’molchilar huquklarini himoya qilish jamiyati xodimlari ustalarga qonuniy tushuntirishlar olib bordi. Natijada ustalar oxiriga yetmay qolgan ishlarini tugatib, iste’molchining uyini ta’mirlab berdilar.