O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ustavi

(yangi tahrirda)
Toshkent shahri 2010 yil O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Ustavi 1. Umumiy shartlar 1.1. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi (keyingi o‘rinlarda – “Federatsiya” deb yuritiladi) O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini har tomonlama rivojlantirish yo‘li bilan iste’molchilarning huquqiy himoyalanish darajasini oshirishning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etish maqsadida jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy ravishda tashkil etilgan bo‘lib, o‘zini o‘zi boshqaradigan nodavlat notijorat tashkilotidir. Uning tashkiliy-huquqiy shakli jamoat birlashmasi. 1.2. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida», «O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida» va «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 noyabrdagi «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 414-sonli qarori, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonun hujjatlari asosida tashkil etilgan. 1.3. Federatsiya va uning tashkiliy hududiy tuzilmalari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va mazkur Ustav asosida amalga oshiradi. Ushbu Ustav Federatsiya va uning tashkiliy hududiy tuzilmalari bo‘lgan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari va ularning hududiy birlashmalari uchun yagona ta’sis hujjati hisoblanadi. 1.4. Federatsiya va uning tashkiliy hududiy tuzilmalari tegishli adliya idoralarida hisob ro‘yxatidan o‘tgan vaqtdan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladilar. Federatsiya va uning tashkiliy hududiy tuzilmalari o‘z mulkiga ega bo‘ladi, undan foydalanadi va uni boshqaradi, o‘z nomidan shartnomalar tuzish, mulkiy va nomulkiy huquqga ega bo‘lish, majburiyatlarni bajarish, xo‘jalik, fuqarolik va boshqa sudlarda da’vogar va javobgar bo‘lib qatnashish huquqiga ega bo‘lib, o‘z buxgalteriya balansiga, dumaloq muhr va to‘rtburchak shtampiga ega bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi banklarida so‘m va valyuta hisob raqamlarini ochib faoliyat ko‘rsatadi. Federatsiya va uning tashkiliy hududiy tuzilmalari o‘z majburiyatlari bo‘yicha unga tegishli mulklar va aktivlar chegarasida ma’sul hisoblanib, bu mulklar va aktivlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asosan to‘lov va undirish shaklida idora etilishi mumkin. Federatsiya va uning tashkiliy hududiy tuzilmalari davlat va (yoki) uning organlari majburiyatlari bo‘yicha, davlat esa o‘z navbatida Federatsiya va uning tashkiliy hududiy tuzilmalarining majburiyatlari bo‘yicha javobgar emas.
1.5. Federatsiya o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining butun hududida amalga oshiradi. 1.6. Federatsiya amaldagi qonunchilik asosida belgilangan va ushbu Ustavda ko‘rsatilgan tartibda o‘z vakolatxona va filiallarini, shuningdek, ustav maqsad vazifalarini amalga oshirish maqsadida tadbirkorlik tuzilmalarini ochish huquqiga ega. Vakolatxona va filiallar, tadbirkorlik tuzilmalari ushbu Ustav, vakolatxona va filiallar, tadbirkorlik tuzilmalari haqidagi Nizom asosida ish yuritadi. 1.7. Federatsiyaning nomi: O‘zbek tilida: «O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi», qisqacha – «O‘IHHQJF»; Rus tilida: «Federatsiya obщestv zaщitы prav potrebiteley Uzbekistana», qisqacha – «FOZPPU»; Ingliz tilida: «Federation of societies on consumer rights protection of Uzbekistan », qisqacha –«FSCRPU». 1.8. Federatsiya manzili: Toshkent shahri – 100011, Navoiy ko‘chasi, 18 A uy. 1.9. Federatsiya Ustavi bilan har bir shaxs tanishishi mumkin. 2. Federatsiya maqsadi va vazifalari 2.1. Federatsiya va uning tashkiliy hududiy tuzilmalari faoliyatining asosiy maqsadi O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini har tomonlama rivojlantirish yo‘li bilan iste’molchilarning huquqiy himoyalanish darajasini oshirishning ta’sirchan mexanizmlarini joriy etishdan iborat. 2.2. Federatsiya va uning tashkiliy hududiy tuzilmalari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari iste’molchilarni qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga yo‘naltirilgan va quyidagilardan iborat: aholi o‘rtasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi amaldagi qonun hujjatlarini keng targ‘ib qilish; iste’molchilar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish; ichki bozorda sotilayotgan iste’mol tovarlarining zarur sifatini va xavfsizligini, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining boshqa talablarini ta’minlash monitoringlarini qonunchilikda belgilangan tartibda o‘tkazish; aholining iste’mol madaniyatini oshirishga doir ma’rifiy ishlarni olib borish; iste’molchilar huquqlarini himoya qilishning ta’sirchan mexanizmlarini yaratishda davlat boshqaruvi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nazorat qiluvchi organlar, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda ish olib borish va o‘zaro hamkorlik qilish. 2.3. Federatsiya va uning tashkiliy hududiy tuzilmalari o‘z faoliyatining belgilangan yo‘nalishlarini amalga oshirish uchun quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi: iste’molchilar huquqlarini himoya qilish huquqiy bazasini tashkil etish va iste’mol bozorini tartibga solish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etish yo‘li bilan Federatsiya a’zolari bo‘lgan iste’molchilarning manfaatlarini davlat, boshqaruv, nazorat va sud organlarida ifoda etish va himoya qilish; iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida jamoatchilik fikrini o‘rganish va shakllantirish; seminarlar, davra suhbatlari va uchrashuvlar hamda aholi o‘rtasida ommaviy tadbirlarni tashkil etish orqali iste’molchilarning huquqiy bilim saviyasini oshirish; tovar va xizmatlarni to‘g‘ri tanlash uchun zarur bo‘lgan haqqoniy axborotlar bilan iste’molchilarni ta’minlash; tovar va xizmatlarning sifati va xavfsizligini mustaqil ekspertizasini tashkil etish; tovar va xizmatlarning narx(tarif)lari, standartlari, hamda sifati va xavfsizligini nazorat qilish tizimini tartibga solish dasturlari bo‘yicha takliflar tayyorlash; qonunchilikda belgilangan tartibda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari hamda savdo, maishiy, kommunal va boshqa xizmatlar ko‘rsatish qoidalari talablarini ta’minlash monitoringlarini, iste’molchilar huquqlarini buzilishi bo‘yicha mustaqil ekspertizalarni, qonunchilikda belgilangan tartibda, o‘tkazish va huquqlar buzilishi yuzasidan ma’lumotnomalar tuzish; tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi muammolarni o‘rganish bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganish va ijtimoiy tadqiqotlar, so‘rovnomalar o‘tkazish; iste’molchilar va ishlab chiqaruvchi (sotuvchi, xizmat ko‘rsatuvchi)lar o‘rtasidagi o‘zaro munosobatlarni ogohlantirish tamoyilida tartibga solishni ta’minlashning ta’sirchan mexanizmlarini tadbiq etish; noto‘g‘ri reklamalardan aholini ogohlantirish hamda ularni himoya qilish; O‘zbekiston Respublikasi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablarini buzgan korxona va tashkilotlarga qonunchilik talablarini buzilishini bartaraf etish to‘g‘risida murojaat etish; tovar (ish, xizmat)larni sifatini oshirish hamda inson hayoti, sog‘lig‘iga, mulkiga va atrof-muhitga xavf tug‘diruvchi tovar (ish,xizmat)larni ishlab chiqarish va sotishni to‘xtatish bo‘yicha vakolatli davlat idoralari va tashkilotlariga takliflar tayyorlash va kiritish; iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari hamda o‘rnatilgan xavfsizlik talablariga mos bo‘lmagan mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish uchun aybdor bo‘lgan shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha materiallarni sud, prokuratura va vakolatli davlat idoralariga kiritish; iste’molchilar huquqlari va manfaatlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar, konferensiyalarni tashkil etish va o‘tkazish; o‘z a’zolarini axborot ta’minotini, ular o‘rtasida o‘zaro axborot almashuvini tashkil etish va ular faoliyatini muvofiqlashtirish; tegishli ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega bo‘lgandan so‘ng belgilangan tartibda matbaa-nashriyot faoliyatini, shuningdek, davriy nashrlarni, ilmiy-ommaviy qo‘llanmalar, plakatlar, bukletlar, sharhlar va boshqa nashrlarni ishlab chiqish va nashr etish; eng zukko va iqtidorli iste’molchilarni, eng yaxshi tashkiliy hududiy tuzilmani hamda tovarlar (ishlar va xizmatlar)ning eng yaxshi ishlab chiqaruvchilarini aniqlashga va rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan tanlovlar, viktorinalar, olimpiadalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish; iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va uning talablarini bajarilishini ta’minlashda davlat boshqaruv idoralari bilan hamkorlik qilish; xalqaro jamoat, moliyaviy tashkilotlari va kompaniyalari bilan hamkorlikda turli loyiha va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek iste’molchilarning xalqaro tashkilotlarida ishtirok etish; o‘z faoliyat yo‘nalishlarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan Ustav faoliyati doirasida tadbirkorlik faoliyatini qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshirish; mazkur Ustav va qonun hujjatlarida belgilangan tartib va qoidalarga zid bo‘lmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshiradi. Maxsus ruxsatnoma (litsenziya) talab kilinadigan faoliyat turlari maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olingandan sung amalga oщiriladi. 2.4. Federatsiyaning huquqlari: bank muassasalarida o‘z hisob raqamini ochish; mazkur Ustav doirasida o‘z faoliyatini tashkil etish uchun hududiy tuzilmalarini, filial va vakolatxonalar, tadbirkorlik tuzilmalarini ochish hamda boshqa yuridik shaxslarning ta’sischisi bo‘lish; O‘zbekiston Respublikasi hududida va chet davlatlarda yuridik va jismoniy shaxslar bilan qonunchilikka va mazkur Ustavga zid bo‘lmagan bitimlar va boshqa yuridik kelishuvlarni tuzish; o‘z nomidan va boshqa shaxslar nomidan sudlarda da’vogar va javobgar sifatida qatnashish; bino va inshootlarni, asbob-uskunalar, transport vositalari, inventar, xom-ashyo va boshqa ko‘chmas mulklarni qurish, xarid qilish, sotish, foydalanishga yoki ijaraga olish hamda o‘z mulkini balansdan chiqarish; o‘z faoliyati dastur va rejalarini mustaqil ishlab chiqish va tasdiqlash; Federatsiya tashkiliy strukturasini belgilash, ijro etuvchi organ shtat xodimlarini tashkil etish, ish haqi miqdori va shaklini hamda xodimlarni moddiy rag‘batlantirish masalalarini belgilash; iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini qo‘llab quvvatlash maqsadida maxsus jamg‘armalarni, shu jumladan davlat moliyaviy yordami hisobidan, tashkil etish; o‘z faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha shartnoma va boshqa fuqarolik-huquqiy kelishuvlar asosida korxona va tashkilotlarni hamda fuqarolarni ishga jal…