Yangiliklar

Uzun tumanida 300 million so‘mlik kutubxona qurilmoqda

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan davlat rahbari topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarish va ko‘tarilgan 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha manzilli ishlar tashkil qilish yuzasidan mahalliy hokimliklar tomonidan maqsadli chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Federatsiya va Surxondaryo viloyat hokimligi hamkorlikda Uzun tumanida “Iste’molchi kutubxonasi”ni qurish ishlarini boshlagan.

Bu bo‘yicha federatsiya raisi J. Sarimsaqov va Uzun tumani hokimi Y. Xidirov kutubxona qurilish ishlari bilan tanishdi.

Loyiha doirasida tashkil etilayotgan kutubxona va kitob savdosi do‘konlarida, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va iste’molchilik sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlar, siyosiy-iqtisodiy qo‘llanmalar, ma’rifiy, badiiy, ilmiy ommabop kitoblar, respublikada nashr qilinadigan gazeta-jurnallar, shuningdek, zamonaviy Book cafe va bepul Wi-fi tizimi hamda internet orqali zarur adabiyotlarni topish va xarid qilish imkonini beruvchi eReader elektron o‘quv qurilmalari bilan ta’minlanishi rejalashtirilgan.