XALQARO HAMKORLIK — KATTA NATIJALARGA YO`L DEMAK

2018-yil 20-iyul kunO`zbekiston Milliy matbuot markazida O`zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Xalqaro iste’molchilar tashkiloti (Consumers International) ga a’zo bo`lishiga bag`ishlangan matbuot anjumani bo`lib o`tdi. 

Unda turli davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Federatsiyaning Qoraqalpog`iston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy birlashmalari rahbar va xodimlari, tuman (shahar) jamiyatlari vakillari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.