Yangiliklar

XARID QILGAN TELEFON NUQSONI ANIQLASA QAYTARILADIMI?

Denov tumani “Jamatak” mahallasida yashovchi fuqaro Mengalieva Muxlisa Denov shahar “Amir xolding” savdo majmuasida joylashgan do‘kondan 2019 yil 15-may kuni “SAMSUNG” J2 rusumli telefonni 1.750.000 so‘mga xarid qilgan. Ushbu telefon bir kun ishlatilgach nuqsoni borligi aniklanib. Shu sababli fuqaro  do‘kon sotuvchisiga borib xolatni tushuntirib, xarid qilgan telefonini pulini yoki boshqasiga almashtirib berishini so‘ragan, biroq sotuvchidan rad javobini olgan. Bu xolatdan norozi bo‘lgan fuqaro Mengalieva Muxlisa 2019 yil 16-may kuni Denov tumani  iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi. Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan murojaatchi ishtirokida o‘rganib, do‘kon sotuvchisiga qonunda belgilangan tartibda tushuntirishlar berildi. Iste’molchi Mengalieva Muxlisaning o‘z xohishiga ko‘ra xarid qilgan “SAMSUNG” J2 rusumli telefonini 1.750.000 so‘m puli qaytarib olib berildi.