XOTIRA ULUG‘, QADR MUQADDAS!

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan 9 may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan, shuningdek, ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlarning hotirasini abadiylashtirish, bugun ham saflarimizda turib Vatan obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo‘shayotgan faxriylarni e’zozlash maqsadida “Inson qadri ulug‘, xotira muqaddas” shiori ostida bayramoldi tadbirlari tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqovning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi doirasida Nukus shahri A.Qodiriy ko‘chasida istiqomat qiluvchi ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Qodirboy ota Narmanov xonadoniga tashrif buyurilib, uning holidan xabar olindi.

Federatsiya tomonidan urush qatnashchisiga kommunal hizmatlar to‘lovini amalga oshirish uchun bir million so‘m miqdorida pul mablag‘i ajratildi.