XOTIRA ULUG‘, QADR MUQADDAS!

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan 9 may umumxalq bayrami – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan, shuningdek, ikkinchi jahon urushida haloq bo‘lganlarning hotirasini abadiylashtirish, bugun ham saflarimizda turib Vatan obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-ahloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo‘shayotgan faxriylarni e’zozlash maqsadida “Inson qadri ulug‘, xotira muqaddas” shiori ostida bayramoldi tadbirlari tashkil etilmoqda.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqovning Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida Farg‘ona shahri “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Abdurashit ota Abdusalomov va Quva tumani “Turkravot” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Toshpo‘lat ota Dadajonovlarning xonadonlariga tashrif buyurilib, ularning holidan xabar olindi.

Federatsiya tomonidan urush qatnashchilarining har birlariga kommunal hizmatlar to‘lovini amalga oshirish uchun bir million so‘m miqdorida pul mablag‘lari ajratildi.