YANA ASOSSIZ QARZDORLIK

Uzun tumani “Qarashiq” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro A.Abdurashidov tuman elektr tarmoqlari korxonasi unga nisbatan hisoblangan 447 265 so`m asossiz qarzdorlikdan norozi bo`lib tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.

Murojaat jamiyat xodimlari tomonidan o`rganib chiqildi va haqiqattan ham fuqaroning elektr energiyadan farzi yo`qligi aniqlandi.

Iste’molchiga nisbatan hisoblangan asossiz qarzdorlik bartaraf etildi.