YANA ISTE’MOLCHI HAQ

Amudaryo tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning Mang‘it shahridagi Turkiston ko‘chasi, 5-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Xoljon Yakubova murojaat qildi. Murojaatga ko‘ra, iste’molchining xonadoniga Majburiy ijro byurosi tomonidan qayd etilgan 38749-sonli talabnomaga ko‘ra, 3 million 395 ming 423 so‘m qarzdorlik yozilgan. Murojaat bo‘yicha jamiyatning mas’ul xodimlari o‘rganish ishlarini olib borishdi. Natijada iste’molchining 2014, 2015, 2016, 2017 yillar davomida xonadon to‘lovlari uchun oylik maoshdan ushlab qolingan pullar hisob raqamiga tushmagani sabab qarzdorlik vujudga kelgani aniqlandi. Shubois noreal qarzdorlik iste’molchi foydasiga hal qilindi.