YIG`ILISHDA TASHKILIY MASALA KO`RILDI

Andijon viloyat hokimligi majlislar zalida O`zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Andijon viloyat hududiy birlashmasining navbatdan tashqari Kengash yig`ilishi bo`lib o`tdi.

Unda O`zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqov ishtirok etdi. Yig`ilishda viloyat hududiy birlashmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar tanqidiy-taxliliy muhokama etildi.

Yig`ilishda tashkiliy masala ko`rildi. Shu kunga qadar “Agromonitoring markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari lavozimida faoliyat ko`rsatgan Axmedov Zokirjon Abdullaev hududiy birlashma Kengashi raisi etib saylandi.

Z.Axmedov 1968 yilda Andijon viloyati, Baliqchi tumanida tug`ilgan, ma’lumoti oliy. 1986 yilda Toshkent qishloq xo`jalik texnikumini, 2005 yilda Andijon qishloq xo`jalik institutini tamomlagan.

1994-2017 yillarda Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi Izboskan va Ulug`nor tumanlarida davlat soliq inspeksiyasi boshlig`i lavozimida faoliyat ko`rsatgan.