YO‘L AZOBI – GO‘R AZOBI(MI?)

Gulandom Abdullayeva Kattaqo‘rg‘on shahrida yashasa-da, ish yuzasidan har kuni Payshanba shaharchasiga qatnaydi. Ish joyi o‘sha yerda. Keyingi paytda ishga borishni o‘ylasa, yuragi siqiladigan bo‘ldi. “Yo‘l azobi – go‘r azobi” deganlaridek, shu 10-15 minutlik yo‘l davomida avtobusdagi tirbandlikdan asablari qaqshab ketadi. Haydovchini juda ko‘p marta ogohlantirdilar. “Ko‘p odam olmang, qoplarni to‘g‘ri kelgan joyga qo‘ymang! Nafas olib bo‘lmayapti!”Hammasi befoyda. Ertalab ishxonasiga ezilib, kiyimlari bir ahvoldakirib boradi. Hamkasblari hazillashishadi – “Tegirmondan kelyapsizmi, opa?” Abdullayeva O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiningishonch telefonigamurojaat qilishga majbur bo‘ldi. Murojaat Samarqand viloyat hududiy birlashmasining Kattaqo‘rg‘ontuman jamiyati mutasaddilari tomonidantuman “Miyonkol” MCHJ xodimi ishtirokida o‘rganildi. Kattaqo‘rg‘ondan Payshanba shaharchasiga yo‘lovchi tashuvchi avtobus haydovchisidan tushuntirish xati olinib, avtobuslar harakatlanishi qat’iy jadval asosida, belgilangan me’yorda olibboriladiganbo‘ldi.

                                                                                                                               Gulchehra Berdiyorova