“YUKSAK ISTE’MOL MADANIYATI SARI!”

Aholi, xususan yoshlar huququqiy savodxonligini oshirish hamda iste’mol madaniyatini yuksaltirish maqsadida Termiz davlat universiteti qoshidagi akademik litseyda tadbir o‘tkazildi. Viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Termiz shahar Kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda akademik litseyda tahsil olayotgan talaba yoshlar hamda ularning ustozlari ishtirok etishdi. Unda so‘z olganlar, bugungi kunda yurtimizda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonun xujjatlari va ularning mazmun mohiyati haqida yig‘ilganlarga atroflicha ma’lumotlar berib o‘tishdi. Shuningdek, mazkur yo‘nalishda viloyatda olib borilayotgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlari va ulardan ko‘zlangan asosiy maqsad haqida ham fikrlar bildirib o‘tildi. Tadbir davomida aholi huquqiy savodxonligini oshirishda va ular o‘rtasida yuksak iste’mol madaniyatini shakllantirishda yoshlarning o‘rni beqiyos ahamiyat kasb etishi ta’kidlanib, ularning bu borada faol bo‘lishlari ko‘zlangan maqsadga erishishning eng maqbul yo‘li ekanligi e’tirof etib o‘tildi. Yakunda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javoblar olishdi