Yangiliklar

Issiq kunlarda yangi muzlatgichingiz ishlamay qolsa…

Bugungidek yozning jazirama kunlarida har bir oilaga oziq-ovqat mahsulotlarini sifatli saqlash uchun muzlatgich juda ham zarur buyum hisoblanadi.

Shu sababdan ham isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga kelib tushayotgan murojaatlar orasida muzlatgich xarid qilib, bir oz fursatda uning nosozligi maʼlum boʻlganidan shikoyat qilayotganlar soni koʻp.

Federatsiyaga murojaat qilganlardan biri O. Yoʻldoshev maishiy texnika doʻkonidan 6 132 000 (olti million bir yuz oʻttiz ikki ming) soʻmga LG rusumli muzlatgich sotib olganligini, lekin muzlatgichni uyga olib kelib ishlatish jarayonida unda nuqsonlar borligi maʼlum boʻlganligi, bu haqda zudlik bilan sotuvchiga aytgani, sotuvchi turli bahonalar bilan nuqsonli muzlatgichni qaytarib olishni rad etib kelayotganligini maʼlum qilgan.

Mutasaddilar tomonidan holat oʻrganilib, isteʼmolchiga muzlatgich uchun toʻlagan mablagʻi doʻkon egalari tomonidan toʻliq qaytarib berildi.