Yangiliklar

Har oy toʻlov qilib, qarzdor boʻlsang…

MIB dan kelgan maʼlumotdan norozi yana bir fuqaro N.Mirzayev Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga murojaat qildi.

U oʻz murojaatida uning xonadoniga tuman gaz taʼminoti tomonidan 899000soʻm asossiz qarzdorlik qoʻyilganidan norozi boʻlgan. Federatsiya xodimlari ushbu xolat yuzasidan oʻrganish ishlarini olib borar ekan, tuman gaz taʼminoti qarzdorlik xonadonda nostandart gorelkadan foydalanyapti, degan mazmunda avvalroq tuzilgan dalolatnoma asosida kelib chiqayotganligini bildirishgan. Isteʼmolchini esa bunday dalolatnoma tuzilganidan xabari ham yoʻq. Yaʼni yolgʻon dalolatnoma asosida fuqaroni “qarzdor” ga chiqarib qoʻyishgan. Aslida u har oyda pochta aloqa tarmogʻi orqali toʻlovlarni amalga oshirib kelgan.

Hujjatlar ham uning hech qanday qarzi yoʻq ekanligini aksincha gazga 411 metr kub ortigʻi bilan toʻlab qoʻyganligini koʻrsatdi.