Yangiliklar

«AKFA» buyurtma qilgan iste’molchining uyiga “Vesta plast” eshik-romlari o‘rnatib ketishgani aniqlandi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Navoiy viloyat hududiy birlashmasi Xatirchi tuman jamiyatiga Xatirchi tuman, Xo‘jaqulobod MFYda yashovchi fuqaro L.Teshayev murojaat qilgan.

Murojaatda keltirilishicha fuqaro yaxshi niyatlarda xonadoni uchun “AKFA” eshik-romlari o‘rnatish maqsadida YaTT A.Zayniddinov bilan o‘zaro og‘zaki shartnoma orqali 13 700 000 so‘mlik “AKFA” eshik-romlarini xonadoniga o‘rnatishga kelishib olishgan.

Ammo YaTT xodimlari “AKFA” eshik-romlarini o‘rniga boshqa turdagi “Vesta plast” eshik-romlarini o‘rnatgan. Shuningdek xizmat uta sifatsiz bajarilgan.

Bundan norozi bo‘lgan fuqaro bir necha bor YaTT A.Zayniddinovga murojaat qilsada aniq javob ololmayotganidan norozi bo‘lib jamiyatimizga shikoyat arizasi bilan murojat qildi. Ushbu murojaat jamiyat xodimlari tomonidan YaTT A.Zayniddinov ishtirokida o‘rganib chiqildi.

O‘rganish natijasida fuqaroning xonadoniga o‘rnatilgan eshik-romlar boshqa turdagi va sifatsiz o‘rnatilganligi, fuqaroning e’tirozlari o‘rinli ekanligi aniqlandi.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Matubot xizmati rahbari Sherali Sattarovning «7news.uz»ga ma’lum qilishicha, YaTT A.Zayniddinov tomonidan fuqaroning xonadoniga o‘rnatilgan boshqa turdagi eshik-romlar o‘rniga haqiqiy “AKFA” eshik-romlari sifatli tarzda o‘rnattirilib berilib iste’molchiga yetkazilishi mumkin bo‘lgan 13 700 000 so‘mlik moddiy zararni oldi olindi va yana bir iste’molchini murojaat ijobiy hal etib berildi.