Yangiliklar

Isteʼmolchiga 83 mln soʼm dan ortiq pul undirib berildi.

Bundan olti oy muqaddam Chirchiq shahrida oʼz-oʼzidan yonib ketgan COBALT avtomashinasi bir qancha saʼy-harakatlardan soʼng isteʼmolchiga javobgar, “QIBRAY AVTO-MOTO SERVIS” MChJ tomonidan toʼqson yetti million toʼrt yuz toʼqson yetti ming uch yuz sakson soʼm miqdorda kompensatsiya undirilishi toʼgʼrisida sud qaroriga erishilgani xususida xabar bergan edik.

Аfsuski, bu muammo shu bilan yakun topmadi. “QIBRAY AVTO-MOTO SERVIS” MChJ rahbariyati ushbu qarordan norozi boʼlib, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudiga nazorat tartibida murojaat qilgan. 2019 yil 11 noyabr  kuni Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan “QIBRAY AVTO-MOTO SERVIS” MChJ tomonidan nazorat tartibida berilgan shikoyat koʼrib chiqildi va quyidagicha ajrim qildi:

“Javobgar “QIBRAY AVTO-MOTO SERVIS” MChJ rahbarining shikoyati boʼyicha sud hujjatini nazorat tartibida qayta koʼrish uchun asoslar mavjud emas deb topilsin.”

Bundan tashqari, “QIBRAY AVTO-MOTO SERVIS” MChJdan davlat daromadiga 3.899. 896 (Uch million sakkiz yuz toʼqson toʼqqiz ming sakkiz yuz toʼqson olti soʼm) davlat boji undirilishi ham sud qarorida keltirib oʼtildi.

Murojaatidan qanoatlangan isteʼmolchi, M. Ismailova “QIBRAY AVTO-MOTO SERVIS” MChJdan hech qanday eʼtirozi yoʼqligini, Oʼzbekiston Isteʼmolchilar huquqini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga esa, 83.865.970 soʼmni undirib berib, beminnat bergan yordami uchun oʼz minnatdorchiligini bayon qildi. Xulosa oʼrnida esa shunday deymiz, haqiqat har qanday tegirmondan butun chiqadi.