Yangiliklar

Kechiktirilgan DAMAS mojarosi

Jizzax viloyati, Zafarobod tumanida yashovchi fuqaro Boboyev Zokir ancha vaqtdan buyon yig’ib yurgan puliga DAMAS rusumli avtomoshinasini sotib olishni maqsad qiladi va Jizzax shahridagi “Jizzax – Motors”avtosaloniga boradi. Zafar Boboyev 64 696 586 (oltmish to’rt million oltiyuzi to’qson olti ming beshyuzi sakson olti) million so’mni to’lab, avtosalon bilan shartnoma imzolaydi. Bundan mamnun bo’lgan fuqaro shartnomani qo’liga olib, uyiga qaytadi. Ammo avtomoshinadan darak bo’lavermagach, avtosalonga boradi. Shunda ham uning ishi bitmaydi. Sabr kosasi to’lgan Zafar Boboyev O’zbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Fediratsiyasining ishonch telefoniga sim qoqadi. Federatsiya mutaxassislari tomonidan tezkorlikda qonun doirasida o’rganilib, fuqaroning huquqi tiklanishiga va kechiktirilgan “DAMAS” atomobilining olib berilishiga erishildi.