Qonunlar Yangiliklar

O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federtasiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov rahbarligida hududiy birlashma raislari ishtirokida  sayyor majlis  bo’lib o’tdi.

Bugun  O’zbekiston iste’molchilar huqularini himoya qilish jamiyatlari federtasiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov tomonidan  Federatsiya raisi o’rinbosari Inomjon Umurbekovich hamda hududiy birlashma raislari ishtirokida  sayyor majlis  o’tkazildi.  Unda hozirgi mavsum uchun dolzarb bo’lgan jarayon, hududlarda kuz-qish mavsumiga bo’lgan tayyorgarlik mavzusi birinchi planga chiqdi. Aytib o’tish joizki, O’zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 2020-yil 26-oktyabrdagi 26-i/ch-sonli buyrug’i asosida hududlarda iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va koʻp kvartirali turar joy fondini 2020/2021-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlarning bajarilishi holatini oʻrganish belgilangan edi.

Yig’ilishda Jahongir Sarimsoqov  aniqlangan kamchiliklar yuzasidan umumlashtirilgan ma’lumotnoma tayyorlanib, kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish, zarur chora-tadbirlar belgilash hamda masuliyatsizlikka yo’l qoʻygan mas’ul xodimlarga tegishli ta’sir choralari belgilanishi mumkinligini ta’kidlab o’tdi.

Yig’ilish so’ngida Federatsiyaning istiqboldagi rejalari belgilab olindi.