Yangiliklar

Federatsiya Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari sunnat to’yini o’tkazib berdi.

Har bir ko’ngil mehrga, e’tiborga muhtoj. Atrofida mehr tafti ila ilituvchi insonlarining borligi baxt. Ammo istaganida boshini silaydigan bir mehribon qo’l topmagan be’g’ubor qalblarni ko’nglini ko’tarishdek savobli ishga qo’l urish tahsinga sazovor. Joriy yilning 24-dekabr kuni O’zbekiston iste’molchilar huquqularini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ana shunday yorug’ ishga qo’l urdi. Federatsiya tomonidan Buxoro viloyatida murg’ak qalblarga quvonch ulashish maqsadida “Mehrim, muruvvatim senga, aziz bolajon” shiori ostida 6 nafar 32- mehribonlik uyining nogiron va ijtimoiy himoyaga muhtoj tarbiyalanuvchi bolajonlarini xayriya sunnat to’yi o’tkazildi. Davraning shaxzodalari bo’lmish Ahramonov Davlatbek, Iskandarov Shaxruzbek, Ikromov Shaxriyor, Shomuhammedov Alibek,  Sa’dullayev Jonibek , Lipatov Amirbek  ismli bolajonlarning ko’zlaridan porlagan quvonch bazmga yanada fayz berdi.