Yangiliklar

Kredit toʻlovi boʻyicha muammo fuqaro foydasiga hal etildi.

Fargʻona shahrida yashovchi fuqaro Sh. Ergasheva bugungi kunda yashab kelayotgan xonadoni kam taʼminlangan va yolgʻiz onalar uchun moʻljallangan boʻlib,ushbu xonadonni 2019-yil dekabr oyida “Sanoat qurilish banki” ATB Fargʻona mintaqaviy filiali bilan ipoteka shartnomasi rasmiylashtirib 15 yillik muddatli kredit asosida sotib olgan. Fuqaro yolgʻiz ona boʻlganligi, kreditning kelgusi oylik toʻlovlarini toʻlashda moddiy jixatdan qiyin kechishini va bank oldidagi majburiyatini his etgan xolda xomiylarga murojaat qiladi. Saxovatpesha xomiy topilgandan soʻng 20 million soʻm kelgusi davrlar uchun toʻlab beriladi. Bir necha oylar uchun toʻlovni amalga oshirilganligiga qaramay bank tomonidan 7 oydan soʻng kredit toʻlovlari toʻlanishi zarurligi xaqida ogoxlantirilgan. Voqea qanday sodir boʻlgan?

Aniqlanishicha xomiy tomonidan Sh. Ergashevaning qarzdorligini qoplash uchun  20 million toʻlov amalga oshirib berilganidan soʻng, fuqaro bankga kelib bank xodimlariga uchrashgan, bank xodimlari tomonidan amalga oshirilgan 20 million soʻm toʻlov shartnoma shartlariga asosan 19 oylik qarzdorlikni qoplashga yetishini tushuntirib oʻtilgan. Amalga oshirilgan toʻlov 19 oylik qarzdorlikni qoplaganini eshitgan fuqaro shu vaqt mobaynida bank tomonidan bezovta qilinmasligini oʻylab yurgan vaqtda yaʼni oradan 4 oy muddat oʻtib yana bank xodimlari fuqaroga telefon orqali aloqaga chiqib, qarzdorligi mavjudligini, zudlik bilan kelib toʻlab ketishi zarurligini aytishgan. Fuqaro bankga kelib amalga oshirilgan 20 million soʻm toʻlov xaqida gapirib oʻtadi, bank xodimi ushbu toʻlovni shartnoma shartlariga asosan oyma oy toʻlovni qoplash uchun yoʻnaltirilishini fuqaroga tushuntirib, qaytarib yuboradi.

Yana oradan 7 oy muddat oʻtgandan soʻng bank xodimlari fuqaroga telefon orqali aloqaga chiqib, qarzdorlik mavjudligini, amalga oshirilgan 20 million soʻm toʻlov asosiy qarzdorlik summasiga yoʻnaltirilganligini, bugungi kunda bank foizlarini zudlik bilan toʻlashi kerakligini aytishgan.

Bunday samarasiz ovoragarchiliklardan charchagan fuqaro jamiyatimizga yuqoridagi muammoni xal etishda amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.

Shu oʻrinda oʻz oʻzidan tabiiy savol tugʻiladi: bank xodimlari isteʼmolchilardan undirilgan kredit toʻlovlarini isteʼmolchilarning roziligisiz, shartnoma shartlariga zid ravishda oʻzlariga qulay tomonlarga yoʻnaltirishlari mumkinmi?Albatta mumkin emas.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan xolda, “Sanoat qurilish banki” ATB Fargʻona mintaqaviy filiali raxbariyati bilan olib borilgan tushuntirish ishlaridan soʻng fuqaroning talablari toʻliq qondirilib, amalga oshirilgan toʻlov asosiy qarzdorlikni kamaytirish uchun emas, shartnoma shartlariga asosan oyma oy toʻlab borilishi zarur boʻlgan qarzdorlik summasiga yoʻnaltirildi va bank dasturiga kerakli oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Shermurod Oxunov