Yangiliklar

Fuqаroga 1 820 000 so’m qaytarib olib berildi.

Ayni vaqtda uyali aloqa vositasisiz hayotimizni tasavvur qilolmaymiz, shu sababli telefonga bo’lgan talab har doimgidanda yuqori. Telefon  apparatlarini bazilari yaxshi ishlab ketsa- da, bazilari  aksincha, har xil  nosozliklar tufayli ishdan chiqib, fuqorolarimizni ovvoragarchiliklariga sabab  bo’lmoqda. Jumladan, U. Abdullayev ham joriy yilning sentabr oyida Bulung’ur tumanida joylashgan do’kondan 1 820 000 so’mga “Samsung a10s” rusumli  telefon xarid qiladi. Oradan biroz vaqt o’tgach, “IMEI koddan ro’yxatga o’ting” degan  so’rov bilan telefon ishlamay qoladi.      Ammo sotuvchi iste’molchi shikoyat qilsada, bu muammoga bee’tiborlik qiladi. Shundan so’ng fuqaro O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federtasiyasiga murojaat qiladi. Ushbu holat mas’ul xodimlar tomonidan o’rganilib, fuqoroga 1 820 000 so’m qaytarib olib berildi.