Isteʼmolchilar hamisha ham xarid qilingan transport vositalari nosozligidan aziyat chekishmaydi. Baʼzida ushbu xaridlarning hujjatlari bilan bogʻliq muammolarga ham duch kelish mumkin. Qarshi tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Usmonov Olimning murojaati esa yuqoridagi fikrlarning yana bir karra tasdiqladi. Isteʼmolchi Qarshi shahrida joylashgan motoroller savdosi bilan shugʻullanuvchi dillerlik doʻkonidan 24.150 000 soʻmga “Lochin” brendi ostida ishlab chiqarilgan uch gʻildirakli motoroller xarid qilgan edi. Ammo transport vositasining hech qanday hujjati taqdim etilmadi, shunchaki yaqin kunlarda tayyorlab berilishi maʼlum qilingan.
Oradan ancha muddat oʻtsa hamki “yaqin kunlardan” darak boʻlavermagach, isteʼmolchi tadbirkorga tez-tez murojaat qila boshlaydi. Kutib toqati toq boʻlgan fuqaro yordam soʻrab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Ishonch telefoni orqali murojaat qoldirgan. Murojaat tegishliligi boʻyicha Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari yoʻnaltirildi. Qisqa fursatda holat Federatsiya tomonidan oʻrganib chiqildi va isteʼmolchi foydasiga hal etildi. Tadbirkorga zaruriy tavsiya va koʻrsatmalar berilib, fuqaroga motorollerining barcha hujjatlari tayyorlab topshirildi.