Yangiliklar

2 374 000 soʻmlik notebook iste’molchiga olib berildi.

Qashqadryo viloyati Kasbi tumanida yashovchi fuqaro Xotamov Temur 2020-yil 15-dekabrʼ kuni Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 10-91 “ishonch telefoni” ga Namangan viloyati Chortoq tumanida joylashgan “Grand Musaffo Savdo Servis” MCHJdan “Pentyum-4” rusmli noutbuk uchun 2 374 000 soʻm elektron  toʻlov qilingan boʻlsada shu kunga qadar “Pentyum-4” rusmli noutbukni yoki toʻlangan mablagʻni qaytarib bermaganligidan norozi boʻlib, amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.
Ushbu murojaat Federtasiya mutaxassislari tomonidan oʻrganilib chiqildi.
Oʻrganish davomida Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari toʻgʻrisida” gi qonuni va Oʻzbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq Chortoq tumanida joylashgan “Grand Musaffo Savdo Servis” MCHJ xodimlari va Namangan viloyat isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari ishtirokida oʻrganib chiqilib, “Pentyum-4” rusmli noutbuk 2020-yil 23-dekabr kuni fuqaroga yetkazib berildi.