Yangiliklar

15 MLNDAN OSHIQROQ MABLAGʻ ISTEʼMOLCHILAR FOYDASIDA HAL ETILDI.

Fargʻona viloyati Bagʻdod tumanida yashovchi fuqaro Umidjon Usmonov Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining “1091” ishonch telefoni orqali murojaat qiladi.
Murojaatda isteʼmolchilar Sirojiddin Egamberdiyev, Joʻrabek Aminjonov, Jasurbek Rahimov, Akmaljon Joʻrayev, Qudratjon Omonov, Umidjon Usmonovlar karantin eʼlon qilinishidan biroz avval tuman markazida joylashgan aviakassadan Rossiya Federatsiyasiga uchib ketish uchun ularning har biri 1730000 (bir million yetti yuz oʻttiz ming) soʻmdan, Umidjon Usmonov esa 2180000 (ikki million bir yuzi sakson ming) soʻmga avichipta sotib olishganli, biroq, karantin sabab aviaqatnovlar bekor qilinganligi, aviachipta pullarini esa hamon ololmayotganliklarini aytib oʻtgan.
Mazkur murojaat Fargʻona viloyati Bagʻdod tuman jamiyati mutaxassislari oʻrganilib, isteʼmolchilarga jami 10830000 (oʻn million sakkiz yuzi oʻttiz ming) soʻm pullari qaytarildi.
Yana bir murojaat, Xorazm viloyati Bogʻot tumanida yashovchi fuqaro Umarbek Saidov tomonidan kelgan bo’lib unda isteʼmolchi, oʻz uyiga konditsioner oʻrnatgani, koʻp oʻtmay esa ushbu maishiy texnikaning nosozligi maʼlum boʻldi. Uy egasi “Servis xizmati”ga murojaat qildi. Mazkur xizmat xodimlari kelishdi. Biroq, kutilmaganda mutaxassis ehtiyotsizlik qilib, xonadonning elektr tizimini butunlay ishdan chiqarib qoʻyganini aytib oʻtgan.
Mazkur holat Xorazm viloyati hududdiy birlashmasi xodimlari tomonidan tegishli tartibda oʻrganilib, isteʼmolchining maishiy texnikasiga sifatli servis xizmat koʻrsatildi va uyining elektr taʼminoti ham qayta tiklanishi natijasida 5 mln soʻmlik zarar qoplab berishga erishildi.