Yangiliklar

15 MLN SOʻM MABLAGʻ ISTEʼMOLCHI FOYDASIGA HAL ETILDI

Xatirchi tumani Polvonota MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro H.Tuxtamishov Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi “Ishonch telefoni”ga shikoyat arizasi bilan murojaat qilgan.
Murojaatda isteʼmolchi, kredit asosida taʼminotchi korxona “Xatirchi Bogʻchakalon savdo” xususiy korxonasi tomonidan fuqaroga yetkazib berilgan 14 500 000 ming soʻmlik motokultivatorni nosozligi aniqlangan. Itseʼmolchi nosoz motokultivatorni almashtirish yoki taʼmirlab berishni soʻrab taʼminotchi korxonaga bir necha bor murojaat qilsada ular tomonidan rad javobini olayotganligi va ishlatilmayotgan motokulʼtivator sabab kredit foizlarini toʻlashda moddiy ziyon koʻrayotganligini aytib oʻtgan.
Mazkur murojaat Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamityalari federatsiyasi masʼul xodimlari tomonidan oʻrganilganda 14 500 000 ming soʻmlik nosoz motokultivator toʻliq taʼmirlatib berildi hamda fuqaroga keltirilgan 450 000 soʻm miqdoridagi moddiy zarar undirib berilishiga erishildi