Yangiliklar

“TRACKER” NING DVIGATELI YANGISIGA ALMASHTIRIB BERILDI

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga Buxoro viloyati Buxoro shahrida yashovchi F.F murojaat qiladi.
Mazkur murojaatda, Buxoro shaxrida istiqomat qiluvchi fuqaro F.F xam 2020-yil dekabr oyida avtosalonga toʻlov amalga oshirib, yangi “Tracker” yoʻltanlamasini xarid qilgan edi. Avtomobilni qabul qilib olgan isteʼmolchi xech qancha vaqt oʻtmasidan dvigatelda nosozlik mavjudligini maʼlum boʻldi. Bu borada avtosalon mutasaddilariga bildirib, avtoulovning dvigatelini yangisiga almashtirib berishlarini soʻraydi. Avtosalon xodimlari esa, xozirda yangi dvigatel yoʻqligi, biroz kutishi kerakligi aytganliginii taʼkidlagan.
Federatsiyaning Buxoro shaxar jamiyati xodimlari tomonidan xolat tezda oʻrganilishi natijasida nosoz dvigatel avtosalon tomonidan yangisiga almashtirib berildi.

Amirxon Ahmadov