Yangiliklar

ISTE’MOLCHIGA 90 000 000 SO‘M TO‘LIQ QAYTARILDI

Joriy yilning dekabr oyi boshida Buxoro shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Buxoro shahri Alpomish ko‘chasi  9/2-uy  3-xonada yashovchi fuqaro Ro‘zieva Zulayxo 2019 yil 10 martda yakka tartibdagi uy quruvchi fuqaro I.K. bilan xonadon xarid qilish uchun og‘zaki shartnoma tuzib,  pul to‘lagani hamda xonadoni haligacha bitmaganligidan norozi bo‘lib, og‘zaki murojaat qilgan. Iste’molchi Ro‘zieva Zulayxo uy kuruvchiga  90 000 000 so‘m naqd pul oldindan to‘lagani hamda hozirgi kunga kelib uy quruvchi bino qurilishini paysalga solib kelayotgani va iste’molchi xonadoni o‘z vaqtida tekshirilmagani sababli to‘lagan naqd pulini qaytarib olmoqchi bo‘layotganini ma’lum qilgan. Uy quruvchi fuqaro I.K. turli bahonalar bilan pulni qaytarib bermagandan keyin iste’molchi Buxoro shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatidan amaliy yordam so‘ragan. Jamiyat xodimlari tomonidan murojaat joyida borib o‘rganilganda haqiqatdan ham iste’molchi  90 000 000 so‘m naqd pul to‘lagani  aniqlandi hamda unga naqd puli to‘liq kaytarib olib berildi va uy quruvchiga bundan keyin bu kabi  kamchiliklar qaytarilmasligi to‘g‘risida ogohlantirish berildi.