Yangiliklar

Yevropa iste’molchilar tashkiloti rahbari Forum ishiga muvaffaqiyat tiladi

Yevropa iste’molchilar tashkiloti bosh direktori Monik Goensdan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov nomiga maktub keldi.

Goens xonim federatsiya boshqa hamkor tashkilotlar bilan joriy yilning 15 – 18 yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasida Birinchi Yevropa va Osiyo iste’molchilari forumini o‘tkazayotgani va unda barqaror iste’mol madaniyati, elektron tijorat va turizm sohasida iste’molchilar huquq va manfaatlarini himoya qilishday bugungi kunning o‘ta dolzarb va muhim masalalar muhokama etilishini olqishlab, uning ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Qayd etish joizki, Yevropa iste’molchilar tashkiloti Yevropaning 32 ta mamlakatidagi 45 ta obro‘li va mustaqil milliy iste’molchilar tashkilotini birlashtiradi. Qarorgohi Belgiya poytaxti Bryussel shahrida joylashgan.