Telegram-bot Virtual qabulxona

28.10.2022

Isteʼmolchilar huquqlari qonun himoyasida

Aholi turmush tarzini yaxshilash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, “Har bir oila – tadbirkor” shiori ostida fuqarolarimizning  o‘zini-o‘zi band qilishi bo‘yicha ularga ko‘mak berib kelinmoqda.

Xususan, Prezidentning “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ham qabul qilingan edi. Mazkur qaror doirasida Jizzax viloyati aholisi uchun hokim yordamchilari tomonidan turli tavsiya va takliflar berib kelinmoqda.

Jizzax shahrida yashovchi fuqaro Oxunjon Obloqulov bu kakbi imkoniyatdan unumli foydalanish maqsadida chorvachilikni rivojlantirish uchun 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga 33.000 000 (o‘ttiz uch million) so‘m mablag‘ olish uchun bank bilan shartnoma imzolaydi.

Mablag‘ o‘z vaqtida taʼminotchi sifatida ko‘rsatilgan Sh.Rashidov tumani, Samarqandquduq QFYda joylashgan - “Yahyoyev Farhod fermer xo‘jaligi” hisob raqamiga o‘tkazilib, bir haftada qo‘ylar yetkazib berilishiga kelishib olingan. Oradan mana bir yil o‘tsa hamki,yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan  qo‘ylarning daragi yo‘q. Fuqaro fermer xo‘jaligi rahbariga bir necha marotaba qo‘ylarni qachon yetkazib berilishini so‘rab murojaat qilgan bo‘lsa-da, turli vajlar orqali uni ortga qaytarib yuborgan.

Bu yugurishlardan naf chiqmagach, isteʼmolchi O.Obloqulov O‘zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga mazkur masalada amaliy yordam so‘rabmurojaat qilgan.

Mazkur murojaat o‘z vaqtida o‘rganilishi natijasida, Fermer xo‘jaligi tomonidan vaʼda qilingan qo‘ylar isteʼmolchiga o‘z vaqtida yetkazib berilishiga erishildi


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 5
  • 1091
  • istemol@gmail.com
  • 09:00 to 18:00